O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yolg`iz farzandi, to`rtta shirindan shakar bolajonlarning mehribon onasi — Nilufar Usmonova kuni-kecha, hech kim ko`rmagan oilaviy suratlarini o`zining instagramidagi sahifasiga joylashtirdi.
Biz esa fursatdan foydalanib u bilan bog`lanib, ba`zi savollarga javob oldik.
— Bayram muborak bo`lsin!
— Rahmat! Men ham butun O`zbekiston ayollarini bahoriy bayramlar bilan qutlayman!
— Bayramni qanday o`tkazdingiz?
— Juda ajoyib! Uni oilaviy nishonladik. Buvijonim ham yonimda edilar. Bundan tashqari qizimning birinchi 8 mart bayrami. Xullas qo`shq-qo`sha quvonchli kunlar bilan maroqli dam oldim.
— Sizningcha ayol uchun eng yaxshi sovg`a qanday bo`lishi kerak?
— Birichni navbatda oila a`zolarining kulgusidan ortiq sovg`a bo`lmasa kerak, deb o`ylayman. Shuningdek, chiroyli gullar dastasi, har qanday holatda ham bizning yuzimizga kulgu yurgazadi.
Xonandaning buvijonisi — Rahimaxon aya.