AsosiySport

Pxyonchxanda qishki Paralimpiya o`yinlari start oldi

'Pxyonchxanda qishki Paralimpiya o`yinlari start oldi'ning rasmi

18 martgacha davom etadigan ushbu sport bayramida dunyoning 49 ta mamlakatidan 570 nafarga yaqin paralimpiyachi ishtirok etadi. Sportchilar 6 hil sport turi bo`yicha 80 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar.

Ma`lumot uchun, mazkur o`yinlarda o`zbekistonlik sportchi Yoqutxon Holbekova ham ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

U chang`i poygalari bahsida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hamyurtimizning ilk starti 12 mart kuniga mo`ljallangan. O`sha kuni Yoqutxon 15 km masofaga bo`ladigan chang`i poygalarida qatnashadi. 14 mart kuni u 1,5 km masofali sprint bahslarida ishtirok etadi. 17 mart kuni esa Xolbekova 7,5 km masofaga klassik poyga bahslarida o`z omadini sinab ko`radi.

    Boshqa yangiliklar