1

«Qizil qalpoqcha» pishirig`i

SUG'DIYONA 09.03.2018, 15:06
«Qizil qalpoqcha» pishirig`i

Zarur masalliqlar: xamiriga: 500 gr. un, 250 ml. sut, 100 ml. o`simlik yog`i, 2 osh qoshiq shakar, 10 gr. quruq xamirturush, 2 dona tuxum, tuz; qiymasiga: 300 gr. qaynatilgan mol go`shti, 1 bosh piyoz, yarim bog` ko`kpiyoz, tuz, murch; ustiga surtishga: 1 dona tuxum sarig`i, 1 osh qoshiq sut.

Tayyorlanishi: 1. Quruq mahsulotlarni aralashtiring. Iliq sut, o`simlik yog`i va tuxumni qo`shib, yumshoqqina xamir qoring. Zuvala yasagach, o`simlik yog`idan surtib, ustini sellofan va sochiq bilan yoping-da, 1 soatga issiq joyga qo`ying.

2. Oshgan xamirni yana bir bor qorib, ustini yoping-da, 30-40 daqiqa kuting.

3. Qaynatilgan mol go`shtini go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Piyozni esa maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida yaxshilab qovuring. So`ngra go`shtni qo`shib, tuz, murch sepib aralashtiring.

4. Past olovda go`shtni dimlagach, maydalangan ko`kpiyozni solib, bir aralashtiring-da, olovdan oling.

5. Xamirni 12 bo`lakka bo`ling. Qo`lingiz bilan ozgina yoyib, o`rtasiga qiymadan soling-da, tuging.

6. Pishiriqlarni pishiriq qog`ozi solingan patnisga terib, ustiga tuxum sarig`i va sutni aralashtirib surting. 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying.

2 soatu 25 daqiqa

4 kishilik

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1