AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmonga kitob sovg`a qildi

'Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmonga kitob sovg`a qildi'ning rasmi

Tojikistonga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoev «Do`sti» maydonidagi Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo`ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Dushanbeda bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoev Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub «Muhabbat maxzani» kitobining o`zbek tilidagi tarjimasini Imomali Rahmonga tuhfa qildi.

Yaqinda O`zbekistonda Jomiyning asarlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, «Muhabbat maxzani» nomi ostida chop etilgan edi. Prezident so`zboshisi bilan nashr qilingan ushbu kitob Tojikiston rahbariga katta mamnuniyat bag`ishladi.

    Boshqa yangiliklar