AsosiyJamiyat

IIV: Toshkentda yuz bergan yong`in bir necha xonadonga zarar etkazdi

24 may kuni soat 11.10 da Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanining Xamid Olimjon maydonida joylashgan 16 qavatli 10 “A” uyning yuqori qavatidagi 3 ta xonadonda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar beradi.

“Toshkent shahar IIBB yong`in xavfsizligi xizmati jangovor ekipaji tomonidan tegishli choralar ko`rilgan bo`lib, yong`in o`z vaqtida bartaraf etilgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Yong`in oqibatida xonadon balkonlarining ichki qismiga va uy jihozlariga zarar etgan. Yong`in sabablari va etkazilgan moddiy zarar qiymati aniqlanmoqda. Jabrlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar