AsosiySiyosat

Prezidentlar G`alaba – Amuzang – Xushadi temir yo`l tarmog`ini ochib berishdi

'Prezidentlar G`alaba – Amuzang – Xushadi temir yo`l tarmog`ini ochib berishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahrida ochilgan O`zbekiston sanoat korxonalari milliy ko`rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab bu erda G`alaba – Amuzang – Xushadi temir yo`l tarmog`ining rasmiy ochilish marosimi bo`ldi. Prezidentlar poezd harakatini boshlash uchun ramziy tugmani bosdi.

Shundan so`ng Shavkat Mirziyoev va Imomali Rahmon O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Ko`rgazma ikki qismda tashkil etilgan. 1500 metr kvadrat yopiq manejda «O`zeltexsanoat», «O`zkimyosanoat», «O`zto`qimachiliksanoat», «O`zbekipaksanoat», «O`zbekcharmpoyabzali», «O`zbekneftegaz», «O`zfarmsanoat», «O`zqurilishmateriallari», «O`zbekoziqovqatxolding», «O`zsharobsanoat», «O`zmetkombinat» kabi yirik kompaniya va assosiasiyalar mahsulotlari namoyish etilmoqda.

500 metr kvadrat ochiq maydonda avtomobillar, qishloq xo`jaligi texnikalari, yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa mahsulotlar ko`rgazmaga qo`yilgan.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston Prezidentida katta taassurot qoldirdi. Ularning sifati va narxi barchaga ma`qul bo`lishini ta`kidladi. Ko`rgazma-yarmarkani yana ko`proq vaqt davom ettirish, O`zbekiston mahsulotlarini sotish va hamkorlikda ishlab chiqarish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

    Boshqa yangiliklar