1

Prezidentlar ikki mamlakatni bog`lovchi temir yo`lni ochib berishdi (foto)

Siyosat 10.03.2018, 10:10
Prezidentlar ikki mamlakatni bog`lovchi temir yo`lni ochib berishdi  (foto)

O`zbekiston va Tojikiston prezidentlari 9 mart kuni ikki mamlakatni bog`lovchi temir yo`lni ishga tushirishdi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar berdi.

Amuzang va Xoshadi stansiyalaridan dastlabki poezdlar harakati Shavkat Mirziyoev hamda Imomali Rahmon tomonidan ramziy tugmaning bosilishi bilan yo`lga qo`yildi. Ushbu tarixiy jarayon maxsus tashkil etilgan teleko`prik orqali to`g`ridan-to`g`ri namoyish etildi.

Amuzang stansiyasida hozirda nafaqat temiryo`lchilar, balki chegarachilar, bojxonachilar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Ushbu stansiya O`zbekistonni qo`shni davlat bilan bog`lovchi yangi darvoza sifatida faoliyat ko`rsatadi hamda Tojikistonning janubiy va sharqiy hududlarini bog`laydi.

Bu erdan Turkmaniston va Afg`oniston davlatlariga chiqish imkoniyati yanada kengayadi.

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida qayta tiklangan temir yo`lining ochilishi O`zbekiston prezidentining ushbu mamlakatga tashrifi doirasida bo`lib o`tdi.

Hozirgacha Tojikiston va O`zbekiston temir yo`l tizimini bog`lovchi yo`l faqat Bekobod va Quduqli stansiyasilari bo`ylab amalga oshirilayotgan edi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1