AsosiyJamiyat

Latviya Prezidenti O`zbekistonga tashrif buyuradi

27-29 may kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinsh rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o`zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etadilar, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Muzokaralar yakunlari bo`yicha ikki davlat rahbarlarining Qo`shma bayonotini qabul qilish, O`zbekiston va Latviya o`rtasida turli sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlarni imzolash mo`ljallanmoqda.

    Boshqa yangiliklar