AsosiyDunyo

Rassel Krou rafiqasi bilan ajrashgach, mebellarini sotishga qaror qildi (Foto)

'Rassel Krou rafiqasi bilan ajrashgach, mebellarini sotishga qaror qildi (Foto)'ning rasmi

Avstraliyalik aktyor Rassel Krou rafiqasi bilan ajrashganidan so`ng barcha mebellarini sotishga qaror qildi, deya yozmoqda Segodnya nashri.

Buning uchun aktyor 7 aprel kuni (aktyorning tavallud topgan kuni) bo`lib o`tadigan “Rassel Krou: ajrashish san`ati” nomli kimoshdi savdosini tashkillashtirdi.

Kimoshdi savdosida Rassel Krouning ikkita motosikli va “Mersedes-Bens” rusumli avtomashinasi ham sotiladi.

Aktyordan nega bunday qilmoqchi bo`lganini so`rashganda, u sobiq rafiqasini eslatadigan barcha buyumlardan halos bo`lishga qaror qilganini aytgan.

Kimoshdi savdosida Krou hatto “Dengizlar hukmdori: Dunyoning bir chetida” nomli filmdagi o`zi chalgan gitarani ham sotmoqchi ekanini aytib o`tdi.

Aktyor Rassel Krou va honanda Daniel Spenser 2003–2012 yillari rasmiy nikohda bo`lishgan.

Boshqa yangiliklar