1

Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi qirg`iz tilida chop etildi

Siyosat 12.03.2018, 09:22
Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi qirg`iz tilida chop etildi

Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasining to`liq matni qirg`iz tilida kitob shaklida chop etildi, deb xabar qilmoqla TIV matbuot xizmati.

Qirg`iziston prezidentining Alohida topshriqlar bo`yicha elchisi Irina Orolbaeva aytishiga qaraganda Mirziyoevning ko`pchilik takliflari Qirg`iziston uchun ham juda dolzarb.

“Murojaatnomaning asosiy qismlarini diqqat bilan o`rganib, men Qirg`iziston va O`zbekistonda rivojlanish uchun bir yo`l mavjud degan xulosaga keldim. Shavkat Mirziyoevning ko`pchilik takliflari Qirg`iziston uchun ham juda dolzarb. Kitobni o`qish juda ham qiziq”, — deydi Diplomatik akademiyaning “Xalqaro munosabatlar va huquq” kafedrasi professori, elchi Irina Orolbaeva.

Kitob taqdimoti 2018-yil 6-mart kuni O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligiga bag`ishlangan “Qirg`iziston-O`zbekiston hamkorligi rivojlannishining yangi ufqlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida bo`lib o`tdi.

Anjumanda Qirg`iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Dinara Kemelova boshchiligidagi TIV vakillari, Qirg`iziston favqulodda va muxtor elchilari, TIV Diplomatik akademiyasi, Strategik tadqiqotlar milliy instituti, “Manas” Qirg`iz-Turk universiteti, Qirg`iziston Milliy universiteti, Qirg`iziston davlat universiteti, Qirg`iziston xalqaro universiteti rahbarlari va professor-o`qituvchilari ishtirok etdilar.

Perevod na kirgizskiy yazk obrasheniya k Parlamentu Shavkata Mirziyoeva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1