1

“Moskva – Buxoro” aviareysi favqulodda qo`ndirildi

Dunyo 12.03.2018, 11:35
“Moskva – Buxoro” aviareysi favqulodda qo`ndirildi

11 mart kuni “Moskva – Buxoro” yo`nalishi bo`yicha parvoz qilayotgan samolyot mahalliy vaqt bilan 17:33 da Samara shahridagi “Kurumoch” aeroportiga favqulodda qo`ngan, deya xabar bermoqda Terra nashri.

Havo kemasi bortidagi yo`lovchilardan birining to`satdan tobi qochgan. Kuybishev transport prokuraturasining ma`lumotlariga qaraganda, o`zbekistonlik 35 yoshli fuqaroda ko`richak yoki peritonit kasalligi xuruj qilgan va kasalxonaga etkazilgan.

Soat 19:15 da samolyot parvozni belgilangan manzilga davom ettirgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1