1

O`zbekistonning Pokistondagi elchisi “Naqshbandiya” ordeni etakchisi bilan uchrashdi

Siyosat 12.03.2018, 17:41
O`zbekistonning Pokistondagi elchisi “Naqshbandiya” ordeni etakchisi bilan uchrashdi

O`zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov Ravalpindi shahriga ishchi tashrifi davomida mamlakatdagi «Naqshbandiya» ordeni etakchisi Pir Naqib ur-Rahmon bilan uchrashdi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.

Bo`lib o`tgan suhbat davomida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan mamlakatda islom ma`naviy, tarixiy-madaniy merosini rivojlantirish, ayniqsa Imom Buxoriy va Bahouddin Naqshband kabi buyuk mutafakkir va olimlarning ishlarini o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha o`tkazilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida ma`lumot berildi.

Ta`kidlash joizki, Pir Naqib ur-Rahmon shayx Hafiz Muhammadning merosxo`ri va Zahiriddin Muhammad Boburning to`g`ridan-to`g`ri avlodi hisoblanadi.

Uning so`zlariga qaraganda, O`zbekiston rahbariyati tomonidan o`tkazilayotgan ochiqlik siyosati, diniy ta`lim va ziyorat turizmi sohasidagi islohotlar natijasida yaqin kelajakda O`zbekiston yana islom dunyosining ma`naviy va marifiy markaziga aylanishi mumkin.

Hozirgi paytda O`zbekiston elchixonasi tomonidan Islomobodda joriy yilning aprelida «Naqshbandiya» tariqati merosini o`rganishga bag`ishlangan xalqaro konferensiyani tashkil etish masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1