AsosiyDunyo

Koreya klinikasida yuz bergan yong`in 21 kishining umriga zomin bo`ldi

Janubiy Koreyaning Chanson shahridagi klinikada yuz bergan yong`in oqibatida 21 kishi halok bo`ldi yana 7 kishi gazdan zaharlandi. Ulardan 6 nafari og`ir ahvolda, deya xabar bermoqda ITAR-TASS.

O`t o`chiruvchilar yarim soat davomida yong`in bilan kurashishdi. Birinchi va ikkinchi qavatdagi bemorlar omon qolishdi. Halok bo`lganlarning aksariyatini 70 – 80 yoshdagi qariyalardir. Ularning ko`plari insult va boshqa og`ir kasalliklarga chalingan, o`zi harakatlana olmaydiganlar bo`lgan. Halok bo`lganlar orasida bir nafar hamshira ham bor.

    Boshqa yangiliklar