AsosiySport

«Nasaf» safarda «As-Sadd»ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

'«Nasaf» safarda «As-Sadd»ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi'ning rasmi

13 mart kuni O`zbekistonning "Nasaf" jamoasi Osiyo chempionlar ligasi doirasida to`rtinchi tur uchrashuvini o`tkazdi.

Vakillarimiz Qatarda "As-Sadd" jamoasi mehmoni bo`lishdi. Afsuski, o`yin "Nasaf" uchun juda omadsiz o`tdi. Raqib jamoa a`zolarining to`rtta goliga, "ajdarlar" umuman javob qaytara olmadilar, deya xabar berdi UFF.

Osiyo chempionlar ligasi, 4-tur

"As-Sadd" (Qatar) - "Nasaf" (O`zbekiston) 4:0

Gollar: 1:0 - 3 Xavi, 2:0 - 15 Abdulkarim Hasan, 3:0 - 43 Bag`dod Bunedja, 4:0 - 70 Jugurta Hamrun.

“As-Sadd”: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al Haydos, 60), 11.Bag`dod Bunedja, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G`aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran (20.Islom Kenjaboev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Jasur Hasanov 45.

    Boshqa yangiliklar