1

Nursulton Nazarboev Imomali Rahmonni orden bilan taqdirladi

Siyosat 15.03.2018, 10:46
Nursulton Nazarboev Imomali Rahmonni orden bilan taqdirladi

Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev Ostonaga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni “Parasat” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar bermoqda.

“Sizning davlatlarimiz o`rtasidagi do`stlikka xizmatlaringizni hisobga olib, sizning donoligingiz va Qozog`istonga muhabbatingiz ishorasi sifatida sizni “Parasat” ordeni bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzoladim”, deb aytgan Nazarboev Rahmon bilan Ostonadagi uchrashuvda.

Rahmon bu u uchun “kutilmagan sovg`a” bo`lganini aytgan.

“Parasat” ordeni bilan fan va madaniyat, adabiyot va san`at, davlat va jamoat arboblari hamda Qozog`istonning ma`naviy va intellektual salohiyatini rivojlantirish va ko`paytirish yoki inson huquqlari va uning ijtimoiy manfaatlarini himoyalashga katta hissa qo`shgan fuqarolar taqdirlanadilar.

Nazarboevning ta`kidlashicha, Rahmon rahbarligida ikki davlat o`rtasida katta ishonch, hamkorlik va do`stlik munosabatlari yo`lga qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1