AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida turistik multivizalar joriy etilishi mumkin

'O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida turistik multivizalar joriy etilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston va Qozog`iston xorijlik sayyohlarga har ikki davlatga tashrif buyurish imkonini beruvchi turistik multvizalarni amalga kiritish to`g`risidagi kelishuvni imzolashi mumkin.

Bu haqda Qozog`iston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muxamediulining ikkitomonlama hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiya yig`ilishi arafasida aytib o`tgan so`zlariga tayanib, "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

Uning ma`lum qilishicha, taraflar kelishadigan vizalar har ikki davlat hududida ham bir xilda amal qilishi kerak. Masalan, shunday viza bilan O`zbekistonga kelgan sayyoh Qozog`istonga ham bora olsin, yoki shunday viza bilan Qozog`istonga borgan turist O`zbekistonga ham kela olsin.

Vazirning qayd etishicha, Qozog`istonga tashrif buyuradigan sayyohlarda O`zbekistondagi tarixiy joylarni ham borib ko`rish istagi bo`ladi yoki O`zbekistonga kelgan turistlar Qozog`istondagi diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilishni ham xohlaydi.

“Biz kelishuvga imzo chekamiz va uning doirasida hukumat qarorini tayyorlaymiz. Biz buni tezlashtirishga mas`ulmiz”, — dedi u.

Vazirning aytishicha, bunday rejalar Hukumatlararo komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar