1

Germaniya banki O`zbekistonga beg`araz 9 million evro ajratdi

Iqtisodiyot 15.03.2018, 15:52
Germaniya banki O`zbekistonga beg`araz 9 million evro ajratdi

Germaniyaning “KfW” taraqqiyot banki “Sog`liqni saqlash” dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish doirasida O`zbekistonga beg`araz 9 million evro ajratadi.

O`zbekiston Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, mablag` tibbiyot asbob-uskunalaridan foydalanish, texnik xizmat ko`rsatish va ularning ta`minoti, tibbiy yordam ko`rsatishning yangi usullarini joriy etish, klinik yo`riqnomalar, tibbiyot chiqindilarini ishonchli va ekologik jihatdan xavfsiz yo`qotish standartlarini qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

O`tgan yil O`zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi hukumatlari o`rtasidagi muzokaralarda bu borada tegishli kelishuvga erishilgandi.
Kecha Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari, O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi ijrochi direktori Shuhrat Vafoev va “KfW” bankining Osiyo sog`liqni saqlash bo`limi boshlig`i Ameli D'Suza hamda loyiha menejeri Andrea Graykar o`rtasida bitim imzolandi.

Eslatib o`tamiz, Germaniyaning mazkur moliya muassasasi “KfW Bankengruppe” moliya guruhi a`zosi bo`lib, hamkor davlatlar bilan moliyaviy aloqalarga javob beradi. Jumladan, ushbu bank rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o`tish davrida bo`lgan mamlakatlarga barqaror iqtisodiy o`sish, ijtimoiy infratuzilmalar va atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar uchun investisiyalar hamda tegishli konsultasiya xizmatlarini moliyalashtirib beradi.

Ma`lumot uchun, mazkur bank O`zbekistonda 1993 yildan buyon faoliyat yuritib kelayapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1