AsosiySport

Nilufar Usmonova hamda "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi mehmonlari

'Nilufar Usmonova hamda "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi mehmonlari'ning rasmi

18 mart kuni O`zbekiston Superligasining 3-turidan o`rin olgan "Paxtakor" - AGMK o`yini bo`lib o`tadi.

O`yindan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar e`tiboriga konsert dasturi taqdim etiladi. Shu kuni "Paxtakor" stadionida Nilufar Usmonova hamda "Afruz" guruhi mehmon bo`lishadi. Tanaffus paytida ham badiiy dastur davom ettiriladi va tomoshabinlar ijtimoiy aksiyada ishtirok etib, uch televizordan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo`ladi, deb yozadi Shampionat.asia.

E`tiborlisi bularning barchasi mutlaqo BEPUL! Sababi "Paxtakor" - AGMK uchrashuviga kirish bepul qilib belgilangan. "Paxtakor" FK barcha muxlislarni yakshanba kuni soat 17:00dan keyin "Paxtakor" stadioniga chorlaydi.



    Boshqa yangiliklar