AsosiyDunyo

Snouden Braziliyadan siyosiy boshpana so`radi

AQSh maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden Braziliya hukumatidan siyosiy boshpana so`rab, rasmiy so`rov jo`natdi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar bermoqda. 

"Mening Rossiyadan olgan boshpana muddatim avgust oyida tugaydi. Agar Braziliya menga boshpana taqdim etsa, xursandchilik bilan taklifni qabul qilib, Braziliyada yashagan bo`lar edim. Men bir necha mamlakatlarga rasmiy so`rov yubordim, shu qatori Braziliyaga ham", - deydi Snouden. 

Agentlikning yozishicha, Braziliya tashqi ishlar vazirligi Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimidan rasmiy so`rov olganini tasdiqlamagan.
Shuningdek, Snouden o`tgan yili Gonkongdan Ekvador tomon yo`l olganini va Moskva orqali uchmoqchi bo`lganini aytdi. Ammo, AQSh hukumati uning pasportini bekor qilishgach, Snouden Rossiyada qolishga majbur bo`lgan. Uning fikricha, bu ish uni Rossiya josusi sifatida ko`rsatish uchun ataylab qilingan.    

    Boshqa yangiliklar