AsosiySport

O`zbekiston OTJning Keniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlari uchun tarkibi ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston OTJning Keniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlari uchun tarkibi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi shu yili Indoneziyada bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Osiyo o`yinlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo`yilgan.

Bo`lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko`rish maqsadida O`zbekiston OTJ uchun 23 va 26 mart kunlari Keniya terma jamoasiga qarshi yurtimizda 2ta o`rtoqlik o`yini tashkil qilinishi haqida avval xabar berib o`tgandik.

Mazkur o`yinlarga Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov quyidagi futbolchilarni chaqirgan:

Darvozabonlar:
Dilshod Hamroev (“So`g`diyona”)
Rahimjon Davronov (“Mash`al”)
Umidjon Ergashev (“Nasaf”)

Himoyachilar:
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Husniddin G`ofurov (“Neftchi”)
Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”)
Abbos Otaxonov (“Metallurg”)
Avaz Mamatxo`jaev (“Qo`qon-1912”)
Abdujamol Isroilov (“Neftchi”)

Yarim himoyachilar:
Sharof Muhitdinov (“Nasaf”)
Muhammadanas Hasanov (“Qo`qon-1912”)
Oston O`runov (“Navbahor”)
Oybek Rustamov (“Qo`qon-1912”)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
Azizjon G`aniev (“Nasaf”)
Islom Kenjaboev (“Nasaf”)
Suxrob Nurulloev (“Metallurg”)
Aziz Amanov (“Lokomotiv”)
Nurullo To`xtasinov (“So`g`diyona”)
Aziz Turg`unboev (“Navbahor”)

Hujumchilar:
Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”)
Zabihullo O`rinboev (“Metallurg”)
Andrey Sidorov (“Qizilqum”)

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 20-21 mart kunlari Toshkentda yig`in o`tkazadi. Keyin esa Keniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida ishtirok etish uchun Farg`onaga yo`l oladi, deya ma`lum qildi UFF.

    Boshqa yangiliklar