AsosiyDunyo

Putin mitingda o`z tarafdorlariga minnadorchilik bildirdi

'Putin mitingda o`z tarafdorlariga minnadorchilik bildirdi'ning rasmi

18 mart kuni saylovlardan so`ng o`z shtabida chiqish qilgan Putin bayonot berib hozircha konstitusiyaviy islohotlar o`tkazish niyatida emasligini aytgan edi. Hukumatni kim boshqaradi, deb berilgan savolga, Putin bu masalani bugundan boshlab o`ylay boshlaganini bildirdi. U o`z so`ziga qo`shimcha qilar ekan, barcha e`lonlar inaugurasiyadan so`ng berilishini ta`kidladi.

Vladimir Putin mitingda o`z tarafdorlariga minnadorchilik bildirdi va o`zining saylovoldi komandasi shtabida chiqish qildi.

Putin “olg`a intilish maqsadida” mamlakatni birdamlikka chaqirdi va «Rossiya muvaffaqiyatlar og`ushida» dedi. «Biz kon`yunktura qarashlariga tayanmaymiz, biz farzandlarimizning kelajagi haqida o`ylaymiz. Birgalikda Rossiya uchun keng ko`lamli ishlarni amalga oshiramiz», dedi Putin.

Eslatib o`tamiz O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g`alabasi bilan qutlagan edi.

    Boshqa yangiliklar