AsosiyJamiyat

«Sport» telekanali JCh-2014 o`yinlarini jonli ravishda translyasiya qiladi

Sport" telekanali JCh-2014 o`yinlarini translyasiya qiladigan bo`ldi. Uff.uz sayti ma`lum qilishicha, bu borada so`nggi oylar davomida katta hajmda ish olib borilgan va ijobiy natijaga erishilgan.

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi translyasiyalar huquqini sotib olgan. Barcha o`yinlar "Sport" telekanali orqali namoyish etiladi.

Hozirda Jahon chempionati o`yinlari "Sport" telekanali dasturiga kiritilgan va sharhlovchilarni hamda texnik xodimlarni uchrashuvlarga tayinlash borasida ishlar olib borilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Jahon chempionati paytida telekanal qoshida maxsus badiiy kengash tuziladi. Ular har bir o`yinga mos tushadigan sharhlovchilarni kasting asosida tanlab olishadi va efirga chiqishga ruxsat berishadi. Bularning barchasi sifatli sharhning amalga oshirish uchun qilinadi.

Eslatib o`tamiz, Jahon chempionati o`yinlari 12 iyunda (Toshkent vaqti bilan 13 iyun, tungi soat 01.00da) boshlanadi va ochilish uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Xorvatiya bilan kuch sinashadi.

    Boshqa yangiliklar