AsosiyDunyo

Misrda yangi prezident saylandi

Misr sobiq mudofaa vaziri Abdulfattoh  as-Sisiy mamlakatda o`tkazilgan prezidentlik saylovlarida g`alaba qozondi, bu haqda Reuters agentligi Misr markaziy saylov komissiyasiga tayanib xabar bermoqda. 

Qayd qilinishicha, saylovda as-Sisiy 96,91 foiz ovoz to`plagan. Uning raqibi Xamdina Sabbohiga esa misrliklarning 3,09 foizi ovoz bergan. 

Markaziy saylov komissiyasi ta`kidlashicha, saylovda aholining 47 foizi  - 25 million kishi qatnashdi. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar