“Qasoskorlar: abadiyat jangi” kinokartinasi hali katta ekranlarga chiqarilmay turib rekord o`rnatdi, deya xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashri.

Olti soat ichidayoq ushbu filmga chiptalar sotilib bo`lingan.

Kartinaning o`zi 3 may kuni dunyo katta ekranlariga chiqariladi.

“Qasoskorlar: abadiyat jangi” – Marvel kinokompaniyasining eng katta ko`lamdagi kinoloyihasidir.

Kartina franshizadagi barcha superqahramonlarni to`plagan.






