AsosiyDunyo

Ispaniya sudi terrorchini 110 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi

'Ispaniya sudi terrorchini 110 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi'ning rasmi

Ispaniya Milliy sudi terrorchi Serxio Polo Eskobesni 110 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Serxio Polo Eskobes ETA terroristik tashkilotining a`zosidir. U 1995 yili Leon shahrida o`ldirilgan quruqlik qo`shinlari mayori Lusiano Kortisoning o`limida ayblanmoqda. O`shanda mayordan tashqari, uning qizi hamda uch nafar yo`lovchi ham halok bo`lgan.

Bundan tashqari, Eskobes marhumning rafiqasiga 160 mingdan 300 ming evrogacha badal to`lashi lozim.

    Boshqa yangiliklar