AsosiyJamiyat

“Uzbekistan Agrominitech Expo – 2014” ko`rgazmasi ochildi

“O`zekspomarkaz”da agrosanoat kompleksi uchun minitexnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo – 2014” IX xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazma-savdosi hamda qishloq xo`jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan Agrotechmash Expo – 2014” III xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasi ochildi. Bu haqda O`zA xabar beradi. 

“Uzbekistan Agrominitech Expo-2014” ko`rgazma-savdosida Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Eron, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya kabi dunyoning 26 davlatidan 150 dan ziyod kompaniya ishtirok etmoqda.

Unda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga mo`ljallangan ixcham liniyalar, qadoqlash minitexnologiyalari, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog`dorchilik va uzumchilik uskunalari, chorva uchun ozuqa tayyorlash jihozlari, o`simliklarni himoya qiladigan kimyoviy moddalar, issiqxona xo`jaliklarini tashkil etish bo`yicha keng turdagi mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda. 

Ko`rgazmada Doosan, Daichi, Deadong (Janubiy Koreya), Case, New Holland (AQSh), CLAAS, Lemken, MAN (Germaniya) va dunyoga mashhur boshqa etakchi kompaniyalarning 50 dan ortiq texnika turlari namoyish etilmoqda.

Xalqaro ko`rgazmalar doirasida zamonaviy xorijiy texnologiyalar taqdimoti, fermerlar uchun seminar va uchrashuvlar o`tkaziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar