1

Firibgarlar bishkekliklarni "pul evaziga" ishga joylashtirib kelgani aniqlandi

Dunyo 22.03.2018, 11:58
Firibgarlar bishkekliklarni "pul evaziga" ishga joylashtirib kelgani aniqlandi

Qirg`izistonda firibgarlar bishkekliklarni "pul evaziga" ishga joylashtirib kelgan, deb xabar berdi Sputnik Qirg`iziston poytaxt IIBB matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Bishkek IIBB matbuot-kotibi ma`lumotlariga ko`ra, "kadrlar agenti" harakatlari tufayli besh nafardan ortiq fuqaro jabrlangan. Ularning hammasi ko`p haq to`lanuvchi ishga ega bo`lish uchun kattaroq pul berganlar.

Milisiyaga ariza bilan murojaat qilgan oxirgi jabrlanuvchi "ishga joylashish uchun" 3,1 ming dollar to`laganini aytgan. Ushbu holat yuzasidan Qirg`iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Milisiya xodimlari yovuz niyatli shaxsni qo`lga olib, u ikki yil ilgari ham xuddi shunday jinoyat uchun olti yilga manzil-koloniyaga mahkum etilganini aniqlaganlar.

Tergov ishlari olib boriladigan muddat — bir yarim oyni u SIZOda o`tkazishi ma`lum qilinmoqda. Bishkek IIBB hozirda fuqarolarga murojaat qilib, firibgar harakatlaridan jabrlangan boshqa shaxslarni aniqlashtirish bilan shug`ullanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1