1

Rossiyada O`zbekiston fuqarosi polisiyachiga o`q uzdi

Dunyo 24.03.2018, 08:19
Rossiyada O`zbekiston fuqarosi polisiyachiga o`q uzdi

Qrimdagi Lenino shaharchasida huquq-tartibot organlari xodimlari polisiyachiga o`q uzgan O`zbekiston fuqarosini qo`lga oldi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Ayblanuvchi 19 mart kuni o`z xizmat vazifasini bajarayotgan polisiyachiga qarata travmatik to`pponchadan o`q uzgan. Polisiyachi elkasidan jarohat olgan.

O`zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 318-moddasi 2-qismida ko`zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun ayblov e`lon qilingan.

Hozirda sodir etilgan jinoyat sabablari o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1