Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin o`zining Fransiyaga tashrifini Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan Ukrainadagi vaziyat muhokama qilinishi kerak bo`lgan uchrashuv bilan boshladi.
Mamlakat rahbarlari uchrashuv boshlanishida qo`l berib ko`rishishmadi. Ushbu uchrashuv Rossiya uchun “katta ettilik” mamlakatlari bilan ilk muzokara bo`ldi, deya xabar beradi Vesti.ru nashri.
Devid Kemeron aytishicha, uchrashuvda Ukrainadagi vaziyatni yaxshilash uchun Rossiyaga bir qator shartlarni ma`lum qilishni, Pyotr Poroshenkoni Ukrainaning saylangan prezidenti deb tan olish va Ukraina sharqidagi ko`ngllilarga yordam bermaslikka chaqirishni rejalashtirgan.
6 iyun kuniga Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.





