Gollivud akteri Bred Pitt muhojirlar haqidagi filmga prodyuserlik qiladi.
Ushbu filmdagi bosh rol “Oskar” mukofoti sovrindori “12 yil qullikda” kartinasida bosh rolni ijrochisi Lupita Niongoga topshirildi. The Hollywood Reporter nashrining yozishicha, ushbu film Chimamanda Ngozi Adichining “Amerikana” romani asosida suratga olinadi. Kitob ikki nigeriyalikning muhabbati haqida.
2013 yilda Pittning Plan B kompaniyasi Stiv Makkuinning “12 yil qullikda” filmi bilan shug`ullangan. Ushbu film “Oskar” mukofotini uch yo`nalishida g`oliblikni qo`lga kiritgan. Lupita Niongo esa “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominasiyasida g`olib bo`lgan.





