Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yo`li qanday maqsadlarga xizmat qilmoqda?

Siyosat 24.03.2018, 11:52
Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yo`li qanday maqsadlarga xizmat qilmoqda?

Bu boradagi fikr-mulohazalar Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida bo`lib o`tayotgan sessiya yig`ilishi davomida yangradi, deb yozadi O`zA.

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o`rinbosari Akmal Kamolovning ma`lum qilishicha, O`zbekiston hamisha qo`shni mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga tilakdosh bo`lib, birodar afg`on xalqiga yordam qo`lini cho`zib kelgan. Bu o`rinda o`zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yo`li qurib, foydalanishga topshirilganini alohida ta`kidlash kerak.

Mozori Sharif – Hirot temir yo`li va Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi mintaqadagi barcha davlatlar, shu bilan birga, Afg`oniston iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Temir yo`llar keltirayotgan foyda haqida so`z borganda, ushbu logistika imkoniyatlari orqali afg`on xalqi uchun jahon hamjamiyati tomonidan millionlab tonna gumanitar yordam yuklari etkazib berilayotganini eslash o`rinli. Bu bizning ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali faqat iqtisodiy foydani ko`zlamayotganimizning yorqin misolidir”, deb ta`kidladi Akmal Kamolov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1