AsosiyJamiyat

Poytaxtimiz istirohat bog`larida so`nggi ikki yilda 70 dan ortiq attraksionlar o`rnatildi

Madaniyat va istirohat bog`laridagi moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida 2011-2015 yillarda 225 ta istirohat bog`larini yangilash ishlari olib borish ishlari rejalashtirilgan. Uch yil ichida 125 ta madaniyat va istirohat bog`lari yangilandi, bu yil esa yana 44 ta madaniyat va istirohat bog`iga yangi attraksionlar o`rnatiladi, deb xabar beradi www.podrobno.uz cayti.

Bobur madaniyat va istirohat bog`ida "Seul" mini-istirohat bog`ini yaratish ishlari olib borilayapti. Bu mini-istirohat bog`i O`zbekiston va Koreya o`rtasidagi do`stona munosabatlarni yanada yaxshilanishiga zamin yaratadi.

G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i hamda Mirobod tumanidagi madaniyat va istirohat bog`larida turli attraksionlarga boy bo`lgan "Bolajon" bolalar maydonchalari tashkil etildi. 


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar