AsosiyDunyo

Elvis Presli va Merilin Monroga tegishli buyumlar auksionda sotuvga qo`yildi

'Elvis Presli va Merilin Monroga tegishli buyumlar auksionda sotuvga qo`yildi'ning rasmi

Bugun shou-biznes yulduzlarining bir nechta avlodlariga tegishli buyumlar Los-Andjelesdagi auksionda sotuvga qo`yildi.

Asosiy lotlardan biri – qachonlardir Merilin Monroga tegishli bo`lgan ko`zgular kolleksiyasi va taroqlardir. Ularda hatto gollivud yulduzining saqlanib qolgan sochlarini ham ko`rish mumkin.

Shu bilan birga auksionda Elvis Preslining imzosi bor kundalikni ham ko`rish mumkin. U Elvis bilan birga armiyada xizmatda bo`lgan vatandoshiga tegishli bo`lgan.

Qiziqarli lotlardan yana biri Svarovski toshlari bilan bezatilgan Maykl Djeksonning qo`lqopidir.

Shuningdek, auksionda Stiva Makkuin, Xolli Berri va Ledi Gaganing buyumlari ham o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar