Shimoliy Koreyada AQShlik sayyohatchi mehmonxonada Injilni qoldirib ketgani uchun qo`lga olindi. Sayohatchi mamlakatga 29 aprel kuni tashrif buyurgan edi, ketish arafasida esa qo`lga olindi.
KXDR hukumati qo`lga olingan shaxs sayyohatchi sifatida mamlakatga tashrif buyurgani, ammo u sayohat bilan bog`liq bo`lmagan faoliyat bilan shug`ullangani haqida xabar berdi.
Koreya markaziy axborot telegrafi xabariga ko`ra, u AQSh fuqarosi Jeffri Edvard Foul ekan. CNN telekanali qayd etishicha, u tashkil etilgan bir guruh sayohatchilar bilan tashrif buyurgan va may oyining o`rtalarida qo`lga olingan.
AQSh hukumatining bu voqeadan xabardor. AQSh davlat departamenti KXDRdagi uchinchi AQSh fuqarosi qo`lga olinganidan havotirga ekanliklarini bildirishgan. Ammo, ortiqcha ma`lumotlarni oshkor qilishmadi.
Aprel oyida yana bir AQSh fuqarosi KXDR hududida qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi. Miller Metyu Todd o`zining turistik vizasini yirtib tashlagan va ushbu mamlakatdan siyosiy boshpana so`rashini ma`lum qilgan edi. Shimoliy Koreyada AQSh elchixonasi bo`lmagani sababli uning ishi bilan shvesiyalik diplomatlar shug`ullanishmoqda.





