1

Sodiq Imomiy: Afg`oniston tinchligi real voqealikka aylanishiga ishonamiz

Siyosat 25.03.2018, 19:21
Sodiq Imomiy: Afg`oniston tinchligi real voqealikka aylanishiga ishonamiz

Tojikistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy O`zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazida jurnalistlar bilan bo`lgan uchrashuvda afg`on muammolariga to`xtalib o`tdi. Bu haqda hukumat portali xabar bermoqda.

Afg`on muammosi bizning siyosatimizda doim muhim o`rin egallab kelgan. Chunki Tojikiston chegarasining salmoqli qismi Afg`oniston bilan tutash. Murakkab relefda joylashganimiz bois ham chegaralarimizni qo`riqlashda o`ziga yarasha qiyinchiliklar yo`q emas.

Ayrim rivojlangan davlatlarda bir mudhish voqea sodir bo`lsa, unga darrov jahon hamjiyati e`tibor qaratadi va ular buni uddalaydi. Afg`onistonda uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan notinchlik, sodir bo`layotgan voqealar esa biz uchun juda muhim. Zero, bu zaminda barqarorlik o`rnatilishidan biz manfaatdormiz. Afg`onda tinchlik o`rnatilishi bu bizning yutug`imiz.

Ayni paytda biz chegaralarimizni qo`riqlashga katta kuch va mablag` yo`naltirmoqdamiz. Qo`shni davlat tinch bo`lganida biz bu moliyaviy manbalarni aholi farovonligi, jamiyat rivojiga yo`naltirardik.

Shuning uchun ham Afg`onistonda barqarorlik o`rnatilishi biz uchun juda muhim. O`ylaymanki, bu mamlakatda tinchlik ta`minlanishida shu maqsadga qaratilgan muloqot maydoni muhim ahamiyat kasb etadi. Afg`on xalqi ham bu jarayonda asosiy o`rin tutib, mavjud muammolarga qat`iy qarshi turishi darkor. Zero, afg`on muammosining asosiy echimi afg`on xalqining qo`lida. Biz qo`shnilar esa ularga yaqindan yordam beramiz.

Shu jihatdan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 26–27 mart kunlari «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi tashkil etilayotganini yuqori baholaymiz.

Tojikiston mazkur konferensiyada faol ishtirok etadi. Bu masalada hamkorlar bilan afg`on tinchligi real voqelikka aylanishi uchun harakat qilamiz.

Ishonchim komilki, konferensiyada afg`on muammosi echimi bo`yicha samarali mexnizm taklif etiladi. Muhimi, muammo bo`yicha muloqot maydoni kengayadi. Ushbu masalaga jahon hamjiyatining e`tibori qaratiladi. Bu, albatta, Afg`onistonda tinchlik jarayoni o`rnatilishiga xizmat qiladi. Bu borada biz o`zbek hamkasblar bilan yaqin hamkorlik qilamiz.

Sodiq Imomiy, Tojikistonning O`zbekistondagi elchisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1