1

Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferensiyasining boshqa xalqaro konferensiyalardan farqi nimada?

Siyosat 25.03.2018, 19:33
Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferensiyasining boshqa xalqaro konferensiyalardan farqi nimada?

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi raisi Alisher Kurmanov Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida bo`lib o`tayotgan sessiya yig`ilishida aytib o`tdi.

photo5310157068260452522.jpg

“Bundan oldin ham Afg`oniston bo`yicha qator uchrashuvlar va muloqot guruhlari tashkil etilgan. Tokio, Bon, London, Istanbul konferensiyasi va boshqalar shular jumlasidan. Xo`sh, Afg`oniston bo`yicha yuqori darajali Toshkent konferensiyasining ulardan farqi nimada? Gap shundaki, ushbu konferensiyalar asosan Afg`oniston iqtisodiyotini tiklash kabi masalalar muhokamasiga bag`ishlangan edi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan o`tkazilayotgan ushbu nufuzli anjuman Afg`onistonda tinchlikka erishishning yagona va oqilona yo`li sifatida hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o`rtasida oldindan hech qanday shart qo`ymasdan, to`g`ridan-to`g`ri muloqot olib borishni nazarda tutadi. Bu kabi muhim siyosiy-ijtimoiy yo`nalishdagi vazifalar Afg`oniston hukumati tashabbusi bilan boshlangan Kobul jarayonida ham o`z aksini topgan edi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1