1

26 mart kuni Federika Mogerini boshchiligidagi Evropa ittifoqi delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyuradi

Siyosat 25.03.2018, 19:50
26 mart kuni Federika Mogerini boshchiligidagi Evropa ittifoqi delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyuradi

2018 yilning 26 mart kuni Evrokomissiya vise-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Federika Mogerini boshchiligidagi Evropa ittifoqi delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat idorasi rahbari Afg`oniston bo`yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya va “Markaziy Osiyo-Evropa Ittifoqi” formatidagi vazirlar yig`ilishida ishtirok etadi.

EI delegasiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1