AsosiySport

“Surxon” futbol jamoasi tarkibi yangilandi

'“Surxon” futbol jamoasi tarkibi yangilandi'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida, viloyatda futbolni yanada rivojlantirish haqida so`zlab, viloyatning PFK “Surxon” futbol jamoasiga “O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini bosh homiysi etib tayinlagan edi.

Ayni vaqtda jamiyat futbol jamoasini moliyaviy qo`llab-quvvatlash borasida barcha choralarni ko`rmoqda. Xususan, PFK “Surxon” futbol jamoasi tarkibi tanlov asosida qayta tanlanib, jamoa shakllantirildi. Jamoada hozirgi vaqtda Oliy liga o`yinlarida ishtirok etgan Bahriddin Vahobov, Ibrohimjon Rahimov, Islom Inomov, Farhod Tadjiev kabi nomdor futbolchilar faoliyatini davom ettirmoqda.

PFK “Surxon” futbol jamoasining bosh murabbiy sifatida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport murabiyi Dilshod Nuraliev faoliyat yuritmoqda.

Bu haqida mazkur futbol jamoasining Surxondaryo viloyati Termez davlat universitetida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi, deb yozadi O`zA.

Matbuot anjumanida jamoaning bosh homiysi “O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdug`ani Sanginov, Surxondaryo viloyat xokimi Erkinjon Turdimov, O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport qo`mitasi matbuot xizmati rahbari, taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To`xtamirzaev ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar