1

Qozog`istonlik maktab o`quvchisi o`ttizga yaqin ixtironing egasi

Dunyo 25.03.2018, 20:30
Qozog`istonlik maktab o`quvchisi o`ttizga yaqin ixtironing egasi

Olmaotaning 28-sonli maktab-lisey o`quvchisi Timur Rispekov 2017 yilda “Qozog`istonning 100 kishisi” ro`yxatiga kirgan edi. U mamlakat va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari va konkurslarda qatnashib, ularning aksariyatida g`oliblikni qo`lga kiritgan. Har qanday murakkab masalani echishga qodir kalkulyator-hisoblagich esa uning ilk loyihasi bo`lgan.

“Xabar 24 “ Timur Rispekovning yoshlarga o`rnak bo`larli jihatlari bilan o`rtoqlashdi.

Timur Rispekov 6-sinfda o`qib yurganida dasturlash, fizika va metamatikaga juda qiziqib qoladi. Shundan so`ng robotlar yasashga tushadi. Bugun esa 17 yoshli Timur 50 yaqin loyihaning muallifi. Loyihalaridan 28 tasi patentlangan.

Yosh ixtirochining oxirgi ishlanmasi atrof-muhitning nechog`lik ifloslanganligini aniqlaydigan robotdir. O`zining aytishicha, u bu kabi robotlarni yasashda zarur bo`ladigan qismlarni bozordan tashqari internetdan ham buyurtma qiladi. Ilgari u loyihalarni bir o`zi amalga oshirgan bo`lsa, endi jamoasini shakllantirayapti. Shu maqsadda do`stlarini ham dasturlashga o`rgatayotir.

2016 yilda yosh ixtirochiga Kanada davlatida o`qishni taklif qilishdi. U yoqda Timur aniq fanlarni o`rganishga yanada ishtiyoq bilan kirishdi. Hatto tog`-kon sanoatida amaliyot ham o`tadi. Tinimsiz o`qib-izlanish samara bermay qolmaydi. Timur Rispekov Kanadaning yosh matematiklar top 25 taligiga ham kirishga ulgurgan. Hozir esa 9-sinfda o`qishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga dunyoning etakchi universitetlari onlayn kurslariga ham qatnashayotir. Uning ixtirolariga xalqaro kompaniyalardan biri qiziqib qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1