27 mart kuni O`zbekiston terma jamoasi Kasablankada Marokash bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi.
Shu kunga qadar mazkur bahs soat 01:00da boshlanishi haqida xabarlar chiqqandi. Biroq ushbu o`yin Toshkent vaqti bilan soat 23:55da start oladi. Bunga Evropaning yozgi vaqtga o`tgani sabab bo`ldi, deya xabar berdi Shampionat.asia. nashri.
Demak, seshanba kuni tunda soat 23:55dan boshlab Marokash - O`zbekiston uchrashuvini SPORT telekanalida tomosha qiling.






