Shanba kuni AQSh markaziy rezvedka boshqarmasi Twitter ijtimoiy tarmog`ida akkauntga ega bo`ldi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar beradi.
“Biz buni tasdiqlay olmaymiz ham, rad ham qila olmaymiz, bu bizning birinchi tvit”, -deyiladi MRBning @CIA profilidagi birinchi tvitida.
Boshqarma profili tvitter tomonidan MRBga tegishli ekanligini tasdiqlandi va nishon bilan belgilandi.
Hozirga kelib, akkauntga 300 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo`lgan. MRBning o`zi esa 25 akkauntga obuna bo`ldi. Ular orasida milliy xavfsizlik agentligi, oq uy va federal qidiruv byurosi akkauntlari mavjud.
Shuningdek, MRB Facebook ijtimoiy tarmog`ida ham ro`yxatdan o`tdi.
Bunga qadar boshqarma Youtube videoxostingi va Flickr tarmoqlarida ro`yxatdan o`tgan edi.





