Braziliyalik Frensin Badjio to`rt oyoqli jonivorlarning ajoyib “ixtiro”si aks etgan videorolikni Itnernetda e`lon qildi, deya yozmoqda News.day.az nashri.
Yo`g`ondan kelgan Bonni laqabli ko`ppak do`sti Amora devorning narigi tarafidagi dugonasi Lolu bilan salomlashib olishi uchun elkasini tutib turdi.
Amora esa Bonnining elkasiga chiqib dugonasi bilan bemalol “gurunglashib” oldi.