AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Kemerovo shahrida ro`y bergan yong`in oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo`llab, Rossiya xalqi, marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz avvalroq, Yakshanba kuni Kemerovo shahridagi 4 qavatli "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. Yong`in oqibatida 48 kishi hayotdan ko`z yumdi.


    Boshqa yangiliklar