“Sog`lom bola yili” daslat dasturi doirasida 17 ming nafar kam ta`minlangan oilalar bolalari Toshkent viloyatidagi oromgohlarda dam olish uchun imtiyozli yo`llanmalar taqdim etiladi. Bu yilgi yoz mavsumida 30450 nafar bolalar oromgohlarda dam olish va salomatliklarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Buning uchun 18 ta shahar chekkasidagi hamda 123 ta maktab qoshidagi kunduzgi oromgohlarda zarur barcha sharoitlarni yaratish lozim bo`ladi.
Bo`stonliq tumanidagi “Chimyon” bolalarni sog`lomlashtirish oromgohi 360 tadan 1000 nafargacha bolalarni qabul qilishga mo`ljallangan.