Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi

Siyosat 26.03.2018, 16:35
Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani 26 mart kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda O`zbeksiton Milliy axborot agentligi xabar qildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so`ng Afg`oniston delegasiyasi o`zi uchun ajratilgan qarorgohga yo`l oldi.

Avval xabar qilinganidek, ikki davlat rahbarlari 27 mart kuni "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va so`zga chiqadi.

Tashrif dasturida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Afg`oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani muzokara o`tkazishi ham ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1