1

Kemerovodagi yong`inda halok bo`lganlar soni 64 kishiga etdi

Dunyo 26.03.2018, 17:35
Kemerovodagi yong`inda halok bo`lganlar soni 64 kishiga etdi

Rossiyaning Kemerovo viloyati “Qishki olcha” savdo-ko`ngilochar markazida sodir bo`lgan yong`in oqibatida hayotdan ko`z yumganlar soni 64 kishiga etdi.

Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov ma`lumotiga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi. Uning so`zlariga qaraganda, qutqaruvchilar tomonidan erto`ladan olti kishining jasadi topilgan. Lekin ularni xarobalar orasidan olib chiqishning hozircha imkoni bo`lmayapti.

“64 – oxirgi raqam”, — dedi Puchkov. Ayni paytgacha 15 kishining shaxsi aniqlangan. Bu boradagi ishlar davom ettirilayapti.

Yong`in nima sababdan ro`y bergani hali ma`lum emas, ammo “RBK” va “Interfaks” manbalarining aytishicha, olov elektr tarmoqlaridagi nuqsonlar tufayli kelib chiqqan bo`lishi mumkin.

Hozirda voqea yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilib, to`rt kishi hibsga olingan. Ular ichida firma direktori va bino ijarachisi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1