1

Toshkent xalqaro konferensiyasi boshlandi

Siyosat 27.03.2018, 10:10
Toshkent xalqaro konferensiyasi boshlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi boshlandi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi ma`lum qildi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani, BMTning Afg`onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari, 25 davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro konferensiyaga dunyo hamjamiyati zo`r qiziqish bilan qaramoqda. Jafokash afg`on xalqining umida katta.

Mintaqada xavfsizlikka erishish, shu orqali nafaqat Afg`onistonda, balki Markaziy Osiyo va unga tutash mamlakatlarda tinch taraqqiyotni ta`minlashga xizmat qiluvchi mazkur konferensiyada afg`on muammosini hal qilish bo`yicha aniq takliflar ilgari surilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1