AsosiyDunyo

Hindistonda 20 dan ortiq talabani daryo to`lqini oqizib ketdi

7 iyun kuni Hindistonning Beas daryosi 24 nafar muhandislik kolleji talabalarini oqizib ketdi. Manali shahriga sayohat uchun kelgan talabalar qirg`oq bo`yida rasmga tushmoqchi bo`lgan vaqtlarida, dambadan suv chiqarilishi natijasida hosil bo`lgan daryo to`lqini ularni bir necha soniya ichida oqizib ketgan.

Mahalliy hokimiyat vakillari talabalarning ba`zilari xalok bo`lganini taxmin qilishmoqda. Ayti damda qidiruv qutqaruv ishlari jadal ravishda olib borilmoqda.

18 nafar yigit va olti nafar qizni qidiruv ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.
 

    Boshqa yangiliklar