Rossiya poytaxti Moskva shahrida erkaklar va ayollar o`rtasida sambo bo`yicha xalqaro turnirda O`zbekiston terma jamoasi 1 kumush va 4 bronza medalga sazovor bo`ldi.
Turnirda vazni 90 kilogrammgacha bo`lgan hamyurtimiz Ilhomjon Nosirov jangovar sambo bo`yicha o`tgan bellashuvlarning finaliga qadar barcha janglarda g`alaba qozonib, kumush medalga sazovor bo`lgan bo`lsa, ushbu yo`nalishda Ulug`bek Hakimov bronza medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, turnirda M.Shukurov, A.Rahmatullaev va ayollar o`rtasida N.Gulova terma jamoamizga bronza medal keltirdi.






