AsosiyMadaniyat

Madaniyat vaziri​ teatr xodimlari​ni 27-mart Umumjahon xalqaro teatr kuni bilan tabrikladi

'Madaniyat vaziri​ teatr xodimlari​ni 27-mart Umumjahon xalqaro teatr kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri barcha teatr xodimlarini 27-mart Umumjahon xalqaro teatr kuni bilan tabrikladi.

Aziz ijodkorlar, teatr xodimlari Sizlarni 27-mart Umumjahon xalqaro teatr kuni bilan tabriklayman! Hayot sizga shunday baxtli va oliyjanob rollarni taqdim etsinki, uning ziyosidan parda ortida zinhor g`am, sog`inch, qayg`u bo`lmasin, qalblar esa betakror ijrolar, tengsiz talqinlardan zavq olsin.Teatr san`ati doimo urfda bo`lsin, uning sehrli olamiga va badihalariga burkanib yashaylik hamda siz uchun muxlislaringiz olqishlari bardavom yangrasin.O`zingiz va oila a`zolaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt va saodat tilayman!

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
Baxtiyor Sayfullaev

    Boshqa yangiliklar